Prezident sovg‘alari etib keldi
Yangi o‘quv yilini quvonch bilan kutib olayotgan 1-sinf o‘quvchilari uchun Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib keldi.
2026/2027 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilinadigan 38 ming 915 nafar bola uchun 12 nomdagi Prezident sovg‘alari olib kelindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan sovg‘alar bugungi kunda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri