Pashinyan: YeOII mavjudmi yoki yo‘qmi aniq javob aytilishi kerak
Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqi (YeOII) bilan munosabatda mamlakatning tashkilot bilan keyingi sherikligi masalasi ko‘tarilmaydigan darajada tuzatib bo‘lmaydigan holat yuzaga kelgani yo‘q, deb hisoblaydi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan aynan shu mazmunda bayonot berdi.
– YeOII tuzilma doirasida tovar, xizmat va moliya erkin harakatlanishi shartini aniq belgilashi kerak, – deya ta’kidladi u. – Aks holda bu tashkilot mavjud emas... Shuningdek, hamkorlarga men yo‘qligimda e’lon qilingan bayonot yuzasidan savol bor. Hozirgi holat amalda nimani anglatishini tushunishimiz kerak. YeOII tarkibidagi biror mamlakat xohlasa boshqa davlatga qarshi shunday qaror qabul qila oladimi? Agar shunday bo‘lsa, YeOII ayni qadam bilan o‘z faoliyati tugatilishini e’lon qilmoqda.
Hukumat rahbari Rossiya Yerevandan importga, shuningdek Armaniston mahsulotlarini o‘z hududi orqali YeOIIning boshqa mamlakatlariga eksport qilishga qo‘yilgan cheklov, hech bo‘lmaganda, tashkilot bo‘yicha ayrim hamkor davlatlarda jiddiy xavotir uyg‘otishini ta’kidladi.
Bundan tashqari Pashinyan yangi hukumat tarkibini bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar darajasida o‘zgartirish rejalashtirilmaganini ham aytdi.
S.Rahimov, O‘zA