Hurmuzda harakat tiklangach, neft narxi tushmoqda
Hurmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashuvchi tankerlar harakati bosqichma-bosqich tiklanayotgani sababli jahon bozorida neft narxi qariyb 2 foiz arzonladi.
Masalan, “Saudi Aramco” qariyb to‘rt oylik tanaffusdan so‘ng “Ras Tanura” terminalidan neft yuklay boshladi. Mutaxassislar fikricha, ayni holat global ta’minot bilan bog‘liq xavotirni sezilarli darajada yumshatadi.
Tahlilchilar hafta davomida brent va WTI navli neft narxi qariyb 8 foiz tushishi kutilayotganiga e’tibor qaratgan.
D.Hakimov, O‘zA