O‘zbekiston - Turkmaniston yoshlar siyosati sohasida hamkorlik kengaymoqda
O‘zbekiston – Turkmaniston yoshlar forumi doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Mahtumquli nomidagi Turkmaniston yoshlar tashkiloti Markaziy Kengashi raisiً Yazpo‘lat Keriyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston va Turkmaniston yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, ushbu munosabatlarni yanada mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda istiqbolli tashabbus va loyihalarni ilgari surish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, forum doirasida ikki mamlakatning yoshlar bilan ishlash sohasidagi tajribasi, amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan taqdimotlar va muloqotlar tashkil etildi.

Qayd etilganidek, mazkur anjuman ikki qardosh mamlakatning yoshlar siyosati sohasidagi o‘zaro hamkorligini amalda kengaytirishga xizmat qilmoqda.
G.Boboyeva, O‘zA