Noyer jarohatidan qutuldi va Germaniya termasining umumiy guruhiga qaytdi
BILD nashrining xabar berishicha, tajribali posbon o‘tgan seshanba kuni umumiy guruhda hech qanday muammosiz to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgan.
Germaniya milliy terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer boldir mushagidagi jarohatidan so‘ng muvaffaqiyatli tiklanib oldi.
BILD nashrining xabar berishicha, tajribali posbon o‘tgan seshanba kuni umumiy guruhda hech qanday muammosiz to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgan. Murabbiylar shtabi yaqinlashib kelayotgan yakshanba, 14-iyun kuni Kyurasaoga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda aynan Noyerga asosiy tarkibdan joy ajratishi kutilmoqda.
Avvalroq, asosiy darvozabonning mushaklaridagi biroz noqulaylik sababli mazkur bahsdagi ishtiroki so‘roq ostida turgan edi. Biroq ayni paytda uning maydonga tusha olmaslik xavfi to‘liq bartaraf etilgan. Noyer darvozani qo‘riqlashga va milliy jamoasiga kerakli natijaga erishishda yordam berishga tayyor.