Jazoir terma jamoasi hujumchisi: Biz Messini mag‘lub etamiz
Jazoirning JChlardagi eng yaxshi natijasi 2014-yilgi nimchorak final hisoblanadi.
“Bayer” va Jazoir terma jamoasi hujumchisi Ibrahim Maza JCh–2026 1-turidan oʻrin olgan Argentinaga qarshi oʻyin haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Ular koʻp provokatsiya qilishadi, lekin biz xotirjamlikni saqlashimiz, bor kuchimizni ishga solib, aql bilan oʻynashimiz kerak. Xudo xohlasa, Messini magʻlub etamiz”, — dedi forvard.
17-iyun kuni boʻlib oʻtadigan ushbu bahsdan soʻng, Jazoir “J” guruhida Avstriya va Iordaniya bilan ham oʻynaydi. Jazoirning JChlardagi eng yaxshi natijasi 2014-yilgi nimchorak final hisoblanadi.