Fabio Kannavaro O‘zbekiston Milliy jamoasining Nyu-Yorkda duch kelgan kuchaytirilgan tekshiruvi haqida fikr bildirdi
Avvalroq, o‘zbekistonlik futbolchilar va delegatsiyaning barcha a’zolari maxsus o‘rgatilgan itlar hamda metallodetektorlar yordamida individual ravishda tekshiruvdan o‘tkazilgani, o‘yinchilarning shaxsiy buyumlari esa olib qo‘yilib, joyida ko‘zdan kechirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jamoaning Nyu-Yorkka yetib kelganida AQSH xavfsizlik xizmatlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda ko‘zdan kechirilganiga munosabat bildirdi.
Avvalroq, o‘zbekistonlik futbolchilar va delegatsiyaning barcha a’zolari maxsus o‘rgatilgan itlar hamda metallodetektorlar yordamida individual ravishda tekshiruvdan o‘tkazilgani, o‘yinchilarning shaxsiy buyumlari esa olib qo‘yilib, joyida ko‘zdan kechirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Bu hozirgi vaqtda istalgan aeroportda amalga oshiriladigan odatiy tekshiruv edi. Amerikada bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri joyning o‘zida tashkil etiladi", — deya Kannavoroning so‘zlarini keltirmoqda Corriere dello Sport nashri.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ushbu jahon chempionati o‘z tarixidagi debyut turnir hisoblanadi. Guruh bosqichida jamoamiz Kolumbiya, Portugaliya va DR Kongo terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Navbatdagi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.