Niko Uilyamsning jarohati jiddiy emas va jahon chempionatigacha tiklanishga ulguradi
Futbolchining tiklanishi uchun taxminan 3 hafta vaqt ketishi kutilmoqda. Shu tariqa, futbolchi uchun mavsum yakunlandi.
Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri NIko Uilyamsning holati yaxshi va tez orada safga qaytadi.
"Atletik" qanot hujumchisi og‘ir jarohatdan qutulib qoldi va murabbiy Luis de la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kirish imkoniyatini hali ham saqlab qolmoqda. 23 yoshli futbolchi 10-may kuni "Valensiya"ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limidayoq almashtirigan edi. Uilyams "San-Mames" maydonini sezilarli darajada xafa bo‘lib tark etdi va ispan ommaviy axborot vositalari futbolchining jiddiy jarohat olishidan xavotirda ekanligini xabar qilishdi. Butun mavsum davomida "Atletik" yetakchisi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, shu sababli u muntazam ravishda o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va optimal formasini yo'qotdi. Diario AS xabariga ko‘ra, tekshiruvda Uilyams sonining orqa yuzasida o‘rtacha darajadagi shikastlanganligi aniqlangan. Futbolchining tiklanishi uchun taxminan 3 hafta vaqt ketishi kutilmoqda. Shu tariqa, futbolchi uchun mavsum yakunlandi. U endi "Atletik"ga yevrokuboklar uchun kurashda yordam bera olmaydi, biroq Iroq va Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga qadar tiklanishga ulgurishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Niko Uilyams Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.