Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan terma jamoalar maxsus yorliqlar tushirilgan futbolkalarda o‘ynaydi
Jahon chempionati emblemasi barcha ishtirokchi jamoalar futbolkalarida bo‘ladi, ammo yettita terma jamoada alohida, oltin bilan qoplangan bo‘ladi.
Jahon chempionati turnirida shu vaqtga qadar 8ta terma jamoa chempionlikni tantana qilgan.
Bo‘lajak jahon chempionati bahslarida turnir chempionligini qo‘lga kiritgan terma jamoalar maxsus yorliqli futbolkalarda maydonga tushadi. Jahon chempionati emblemasi barcha ishtirokchi jamoalar futbolkalarida bo‘ladi, ammo yettita terma jamoada alohida, oltin bilan qoplangan bo‘ladi. Gap Angliya, Germaniya, Fransiya, Argentina, Ispaniya, Urugvay va Braziliya terma jamoalar haqida ketmoqda. Aynan shu davlatlar o‘tmishda mundial kubogini boshi uzra baland ko‘targan edi. Tabiiyki, Italiya terma jamoasi ham bular orasida bor, lekin ular joriy yildagi mundialga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan.
Ma’lumot uchun, jahon chempionati bahslariga 11-iyun kuni start beriladi. Ochilish o‘yinida Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari maydonga tushadi.