Marhamatlik gimnastradachi qizlar g‘olib bo‘ldi
Andijon viloyati gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi gimnastrada musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda sportni, xususan, qizlar o‘rtasida gimnastrada sportini rivojlantirish va ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, yoshlarni sportning ushbu turi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, qizlar o‘rtasida gimnastradani ommalashtirish, mahoratli sportchilarni aniqlash, rag‘batlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, o‘zlarining mahorat, jamoaviy hamjihatlik va puxta tayyorgarliklarini namoyish qildi.


Qiziqarli bahslar asosida o‘tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, Marhamat tumani jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada ikkinchi o‘ringa Qo‘rg‘ontepa, uchinchi o‘ringa esa Ulug‘nor tumani yosh gimnastradachilari sazovor bo‘ldi.


Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, tegishli medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari