Kuchli iqtidor sohiblari xotiradan o‘chmaydi
Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Ahmat Shaymurodovning “Siymolarda qolgan ijod” nomli xotira ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada marhum haykaltarosh umrining so‘nggi yillarida yasagan turli hajmdagi 30dan ortiq haykalchalar va byustlar hamda ijodkorning 40dan ortiq ishlari fotosuratlari namoyish qilindi.

Ahmat Shaymurodov Arxitektura va qurilish institutida 10 yil talabalarga dars bergan. Ushbu institutni tashkil qilish va uni rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan insonlardan biridir. U 1986-yilgacha 35-40 yil davomida faol ijod bilan shug‘ullangan.

Tadbirda qayd etilganidek, haykal yaratish uchun ijodkor nafaqat, kuchli iroda va tajribaga ega bo‘lishi, balki jismonan va ruhan yetuk bo‘lishi kerak. A.Shaymurodov aynan shunday ijodkor edi.
Ko‘rgazma joriy yilning 28-iyunigacha davom etadi.
G.Boboyeva,
O‘zA