Andijonda qariyb 2,5 kg. “gashish” moddasi musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Asaka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida avtomashinada bo‘lgan Namangan va Marg‘ilon shaharlarida yashovchi, 1970, 1981 va 1984 y.t. 3 nafar fuqaroga tegishli 2 kg. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Marhamat tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Quva shahrida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinadan 497 gr. “gashish” moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ta’kidlash lozim, bu turdagi giyohvandlik vositalari mamlakatimizga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinadi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha og‘ufurushlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA