"Ijodga va ijodkorga munosib yondaşiş davri keldi" – Jahongir Ahmedov
Inson taqdiri kutilmagan hodisalarga boy. Unda yutuqlar-u yöqotişlar, tuşkunlik va zafarli onlar aks etadi, hissiyotlar jöş uradi. Kezi kelganda, odamzod suyançiqqa, maʼnaviy kömakka muhtojlik sezadi. Bularning barini esa sanʼat va ijod mahsuli taʼminlaşga qodir. Birgina kuy, bir misra şeʼr yoki töğri yöl körsatuvçi film insonning hayotga bölgan yondaşuvini butunlay özgartirib yuborişi mumkin. Tinçlik-xotirjamlik va salomatlik qadri, farovon yurtga şukronalik tuyğulari ham aslida kino sanʼati orqali qalbimizga yanada teranroq singadi.
Joriy yilning 26-oktabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev “Özbekfilm” kinostudiyasiga taşrif buyurib, kinematografiya sohasi xodimlari bilan uçraşdi hamda ijodiy muhit va jarayonlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş böyiça oçiq muloqot qildi. Uşbu taşrifdan söng Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov bilan suhbatlaşdik.
– Davlatimiz rahbari “Bugun harbiy sohaga katta eʼtibor qaratyapmiz, xavfsizlik masalasini jiddiy öylayapmiz. Lekin farzandlarimizning mafkurasi va ğoyasini kim, qanday şakllantiradi va himoya qiladi?!” deya alohida taʼkidladilar, – dedi Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov. – Endilikda bu savolga kino va kinoijodkorlar orqali javob topadigan böldik
Prezidentimiz kinoijodkorlar bilan keçgan oçiq muloqotda Kinematografiya agentligi maʼmuriy boşqaruv sifatida tugatilişi, uning örniga “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi şaklida biznes-model taşkil etilişini maʼlum qildilar. Yaʼni, bundan buyon davlatning özi film suratga olmaydi – işlab çiqariş jarayoni töliq xususiy sektor qöliga ötadi.
Şu örinda kinotanqidçilarining fikri inobatga olinmay qöyilgani ham dolzarb masalaga aylangan edi. Kinoni tahlil qiliş va unga sanʼat sifatida baho beriş nomutaxassislar qölida qolib ketgandi. Davlatimiz rahbari uşbu muammoga töxtalar ekan: “Kinotanqidçilar klubini taşkil etamiz, buni moliyaviy qöllab-quvvatlaymiz va ularni Xalqaro kinotanqidçilar uyuşmasiga aʼzo qilamiz”, deya taʼkidladilar. Şuningdek, uçraşuvda “Özbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kinoşaharça bunyod etilişi haqida ham söz bordi. Bu xorij loyihalarini Özbekistonga jalb qilişning eng asosiy omillaridan biri sanaladi.
Amalga oşirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini ijodkorlar hammadan köra yaxşiroq his qiladi. Prezidentimiz ijodga quriliş yoki mahsulot işlab çiqariş kabi texnik topşiriqlar asosida yondaşib bölmasligiga alohida urğu berdilar. Darhaqiqat, kino – ilhom bilan boğliq soha, ilhom esa fantaziya va tafakkurdan kuç oladi. Oçiği, ijodga va ijodkorga munosib yondaşiş davri keldi. Davlatimiz rahbari ijod jarayonida davlat buyurtmaçi emas, balki hamkor bölişi, xususiy studiyalarni subsidiyalar orqali qöllab-quvvatlaşi zarurligiga oid yangi tamoyilni ilgari surdi. Bu biz uçun tub burilişdir. Mamlakatimizda söz va harakat erkinligi yönalişida katta islohotlar qilindi, endilikda ijod erkinligi uçun ham keng imkoniyatlar eşigi oçildi. Bu – ijodkorlar bundan buyoğiga heç qanday maʼmuriy aralaşuvlarsiz, erkin ijod qilişi mumkin deganidir. Aslida eng töğri yöl ham mana şu.
Filmlarga, şubhasiz, birinçi navbatda tomoşabin baho berişi kerak. Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sababli odamlar kinoteatrlarga kelmay qöydi, degan fikr aslida noörin. Axir xorij filmlari katta ekranlarda tomoşa qilinyapti-ku! Unda nega milliy filmlarimizni kinoteatrlarda körmayapmiz? Prezidentimiz uçraşuvda aynan mana şu oğriqli masalani ham örtaga taşladilar. Men xususiy kinostudiyada filmlar yaratib kelayotgan ijodkor sifatida doim şu haqda öylardim. Tomoşabinlarimiz xoh kinoteatrda, xoh oila davrasida yoki turli onlayn platformalarda bölsin, mehr va qiziqiş bilan köradigan sifatli asarlar yaratişimiz şart.
Bugungi kunda studiyamiz tomonidan buyuk mutafakkir Ibn Sinoning bolalik yillariga bağişlangan tarixiy film suratga olinyapti. Davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan uşbu loyiha uçun maxsus ijodiy markaz taşkil etildi. Bu, bölajak kinoşaharçaning ilk qadamidir. U yerdagi dekoratsiyalarni bir neça yil davomida xizmat qilişi uçun juda sifatli va puxta bunyod etyapmiz. Niyatimiz, mazkur 10 gektarlik hududni filmdan filmga yangi davr dekoratsiyalari bilan boyitib boriş. Natijada bu maskan öziga xos oçiq osmon ostidagi muzeyga aylanadi. Bu yerga aholi oilaviy taşrif buyurib, hordiq çiqarişi, suratga tuşişi, hatto suratga oliş maydonçasida ijodkorlar va aktyorlar bilan bevosita muloqot qilişi uçun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Maʼlumot uçun: Prezidentimizning topşiriğiga muvofiq, Kinematografiya agentligi va uning tizimidagi taşkilotlarni tugatiş hamda soha boşqaruvini Madaniyat vazirligiga ötkaziş böyiça zarur taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar boşlangan. Yangi tuzilmalar töliq şakllantirilgandan söng agentlik öz faoliyatini yakunlaydi.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV ,
Yoqubjon MELIBOYEV (video),
ÖzA