Aqaba jarayoni: Markaziy Osiyo xavfsizligi uçun strategik muloqot
Xabar berilganidek, 5-6-noyabr kunlari Prezident Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasiga amaliy taşrifi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etadi. Bu muloqot mintaqaviy xavfsizlik masalalariga nisbatan şakllanayotgan yangi yondaşuvlarni anglaş nuqtai nazaridan ahamiyatlidir.
Mazkur tadbirning siyosiy mazmuni, avvalo, xavfsizlik tuşunçasi tobora kengayib borayotgani bilan izohlanadi. Bugungi kunda terrorizm va ekstremizm tahdidi faqat anʼanaviy qurolli faoliyat yoki noqonuniy moliyalaştiriş bilan çeklanmaydi. Raqamli makon, sunʼiy intellekt, yaşirin aloqa vositalari va axborot texnologiyalari rivojlanişi transmilliy tahdidlar şakli hamda tarqaliş usullarini ham özgartirmoqda. Şu bois xavfsizlikni taʼminlaş masalasi davlatlararo siyosiy muloqot bilan bir qatorda texnologik, axborot va institutsional hamkorlikni ham talab etmoqda.
Maʼlumot örnida aytiş kerak, Aqaba jarayoni 2015-yil Iordaniya Podşohi Abdulla II taşabbusi bilan boşlangan xalqaro muloqot platformasidir. Tuzilmaning asosiy maqsadi terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda davlatlar, xavfsizlik va harbiy idoralar, xalqaro taşkilotlar hamda ekspertlar hamkorligini kuçaytiriş, axborot va tajriba almaşiş hamda umumiy tahdidlarga nisbatan muvofiqlaştirilgan yondaşuvlarni şakllantirişdan iborat.
Jarayonning öziga xos jihati xalqaro şartnoma asosida tuzilgan taşkilot yoki doimiy institutsional tuzilma emasligida. Yaʼni, platforma doirasida bildiriladigan taşabbus va kelişuvlar öz-özidan yuridik majburiyatni yuzaga keltirmaydi. Binobarin, aynan şu xususiyati bilan siyosiy qaraş va xavfsizlik manfaatiga ega davlatlar örtasida bevosita muloqot örnatiş, dolzarb tahdidlarni muhokama qiliş va amaliy hamkorlik yönalişlarini belgilaş imkonini beradi.
Aqaba jarayonini BMTning aksil terror mexanizmiga muqobil tuzilma emas, balki ayni jarayonni töldiruvçi muloqot maydoni sifatida baholaş joiz. BMT doirasidagi mexanizmlar xalqaro huquqiy asos va umumiy majburiyat belgilaydi, Aqaba kabi platformalar esa muayyan mintaqalar va xavfsizlik masalalari böyiça siyosiy muloqotni faollaştiriş, idoralar aro aloqani mustahkamlaş va tajriba almaşiş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.
Şu nuqtai nazardan Ostonada davlat rahbarlari darajasida uçraşuv taşkil etilişi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu mintaqada xavfsizlik masalasini faqat alohida davlatlar içki vazifasi emas, balki özaro boğliq va umumiy yondaşuv talab qiladigan muammo sifatida qabul qiliş zaruratini ifodalaydi.
Kun tartibida sunʼiy intellekt masalasi alohida örin egallaşi zamonaviy xavfsizlik muhitidagi muhim özgarişdan dalolat. SI iqtisodiyot, taʼlim, davlat boşqaruvi va kommunikatsiya sohalarida yangi imkoniyat yaratişi barobarida noqonuniy maqsadda foydalaniş ehtimolini ham yuzaga keltirmoqda.

Markaziy Osiyo xavfsizlik arxitekturasini tahlil qilişda Afğoniston omilini çetlab ötib bölmaydi. Afğoniston hududidagi beqarorlik, xalqaro terroristik guruhlar faoliyati, noqonuniy tarmoqlar va radikallaşuv jarayoni mintaqa davlatlari uçun umumiy xavfsizlik muammosini yuzaga keltiradi. Davlat çegaralari bilan çeklanmagani sababli bunday tahdidlarga qarşi kuraşda faqat milliy çoralar yetarli bölmaydi.
Özbekiston uçun bu masala bir neça ustuvor vazifa bilan boğliq. Birinçi – transmilliy terror tahdidining mamlakat xavfsizligiga taʼsirini kamaytiriş. Ikkinçi – fuqarolar radikal guruhlar taʼsiriga tuşişi va xorijiy mojarolarga jalb etilişining oldini oliş. Uçinçi – internet orqali radikallaşuv, noqonuniy moliyalaştiriş va axborot makonidagi zararli taʼsirlarga qarşi profilaktika mexanizmini mustahkamlaş.
Şu jihatdan Aqaba jarayoni Markaziy Osiyo davlatlari uçun xavfsizlikka oid axborot almaşiş, boşqa mintaqalar tajribasini örganiş va zamonaviy tahdidlarga qarşi muvofiqlaştirilgan yondaşuv işlab çiqiş imkoniyatini yaratadi. Bunday hamkorlik samarasi faqat xavfsizlik idoralari örtasidagi aloqalar bilan belgilanmaydi. Taʼlim, ilmiy tadqiqot, raqamli savodxonlik va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik ham radikallaşuvning oldini olişda muhim örin tutadi.
2025-yil avgust oyida Iordaniya Podşohi Abdulla II Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelganda Prezident Şavkat Mirziyoyev Aqaba jarayoni taşabbusini qöllab-quvvatlab, navbatdagi yiğilişlardan birini Samarqandda ötkaziş taklifini kiritgan edi. Bu taşabbus Özbekistonning mazkur platformaga faqat iştirokçi sifatida emas, balki mintaqaviy xavfsizlik muloqotini rivojlantirişga hissa qöşuvçi tomon sifatida yondaşayotganini körsatadi.
Ostonadagi uçraşuv uşbu siyosiy muloqotni mintaqaviy darajada davom ettirişga kömaklaşadi. Özbekiston uçun bunday formatda iştirok etiş bir tomondan Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy xavfsizlik masalasini muhokama qiliş, ikkinçi tomondan Yaqin Şarq va boşqa mintaqalardagi hamkorlar bilan bevosita aloqalarni rivojlantiriş imkonini beradi.
Bunda Özbekiston manfaatini faqat xavfsizlik tahdidiga javob qaytariş bilan çeklab bölmaydi. Mamlakat uçun xalqaro tajribani özlaştiriş, kiber xavfsizlik salohiyatini oşiriş, mutaxassislar tayyorlaş, sunʼiy intellektdan masʼuliyatli foydalaniş böyiça yondaşuvlar işlab çiqiş ham muhim. Şu maʼnoda Aqaba jarayoni xavfsizlik va texnologik rivojlaniş örtasidagi muvozanatni muhokama qiliş uçun ham qöşimça maydon böla oladi.
Ayni payt Aqaba jarayoni norasmiy xususiyati mavjud imkoniyati bilan birga muayyan çeklovni ham belgilaydi. Platforma doirasida erişilgan siyosiy anglaşuvlar öz-özidan majburiy ijro mexanizmini yaratmaydi. Şu sababli muhokamani tegişli davlat idoralari, xalqaro taşkilotlar va ekspertlar iştirokidagi aniq dasturlar bilan mustahkamlaş talab etiladi. Aks holda muntazam uçraşuvlar amaliy natija bermay, asosan siyosiy muloqot darajasida qolib ketişi mumkin.
Umuman, Özbekiston Prezidentining Ostonadagi Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvda iştirok etişi Markaziy Osiyo xavfsizligi, yangi texnologik tahdidlar va xalqaro hamkorlik masalalari özaro boğliqligini namoyon etadi. Mazkur platforma mamlakatimiz uçun mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kengaytiriş, Yaqin Şarq davlatlari bilan siyosiy muloqotni rivojlantiriş va zamonaviy tahdidlarga qarşi xalqaro tajribani özlaştiriş imkonini beradi.
Anjumanning uzoq muddatli ahamiyati esa uçraşuvlar yakunida bildiriladigan siyosiy pozitsiyalardan köra, amaliy asosda şakllanadigan hamkorlik mexanizmiga boğliq. Şu maʼnoda Aqaba jarayoni Özbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari uçun nafaqat xavfsizlik masalasini muhokama qiliş, balki mintaqaviy barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan hamkorlikni yangi yönalişlar bilan boyitiş maydonidir.
Madina Mamajonova,
Toşkent davlat şarqşunoslik
universiteti doktoranti