Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sintetik giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan fuqaro aniqlandi.
Tekshiruvlar natijasida umumiy og‘irligi qariyb 42 gramm bo‘lgan sintetik giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.