Bayram yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlandi
Andijonda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, axborot xizmatlari vakillari, soha faxriylari, blogerlar, yosh ijodkorlar ishtirok etgan tantanali tadbirda Andijon viloyati hokimligi kotibiyati mudiri Elyorbek Xolmirzayev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda soha faxriylarini kasb bayramlari bilan muborakbod etib, mamlakatimizda ularning samarali faoliyat yuritishlari, so‘z erkinligini ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligini, ular jamiyat rivojida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.


Har yilgidan o‘zgacha ruhda o‘tgan bayram tadbirida samarali faoliyat yuritayotgan, shuningdek, muborak yoshini nishonlagan bir guruh soha xodimlari, faxriylari viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Bog‘i Boburdagi “Ko‘xinur” tantanalar saroyida o‘tkazilgan bayram tadbirida taniqli san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari