Gimnastikachilarimiz tarixiy natija qayd etdi
Fransiyada davom etayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy chiqish saralashida O‘zbekiston terma jamoasi final bosqichiga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jamoamiz 5 ta halqada mashq bajarishda 33.550 ball, 3 tasma va 2 to‘pda mashq bajarishda 30.450 ball, jami 64.000 ball jamg‘arib, 7-o‘rinni egalladi.

Endi Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Amaliya Mamedova, Mumtoza Isxoqzoda, Evelina Atalyans kabi gimnastikachilardan iborat jamoamiz ertaga, 10 avgust kuni soat 17:00da boshlanadigan final bosqichida ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA