Paraosiyo o‘yinlarida navbatdagi medallar
Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlarida para dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yana ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xususan, ayollar o‘rtasida J2 klassi, -60 kilogramm vazn toifasida finalga chiqqan Kumushxon Xo‘jayeva xitoylik raqibini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Erkaklar o‘rtasida J1 klassi, -95 kilogramm vazn toifasidagi final o‘zbek dzyudochilari o‘rtasida kechdi. Unda Muhammad Abduqulov To‘rg‘un Abdiyevni yengdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. To‘rg‘un Abdiyev musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA