O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 44 taga yetdi
Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan V Paraosiyo o‘yinlarining bugungi kunida para sportchilarimiz 12 ta oltin, 17 ta kumush va 14 ta bronza medal jamg‘ardi.
Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida Dmitriy Xorlin 4:21.32 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yegor Bolotov marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bellashgan Otabek Irisbekov bronza medaliga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA