Fransiya saylovlari oldidan yolg‘on xabarlar tarqalmoqda
Fransiyada 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan ikki sobiq bosh vazir Gabriel Attal va Eduar Filippga qarshi yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotgani aniqlangan, deb xabar berdi Euronews.Chunki, ular prezidentlik uchun da’vogar bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. Ular haqida yolg‘on xabarlar tarqatilsa, saylovchilarning ularga bo‘lgan ishonchi pasayishi va saylov natijasiga ta’sir qilishi mumkin.
Mutaxassislar yolg‘on ma’lumotlar tarqatish kompaniyasini Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi Matryoshka tarmog‘i bilan bog‘lamoqda. Unda mashhur fransuz OAVlari — Le Figaro, Libération, Le Monde nomidan soxta materiallar tayyorlangan.
Masalan, Gabriel Attal haqida uning salomatligi yomonligi, Parkinson kasalligiga chalingani va hatto o‘ziga-o‘zi suiqasd uyushtirib, aybni Rossiyaga ag‘darmoqchi bo‘lgani haqida yolg‘on xabarlar tarqatilgan.
Keyinchalik bunday yolg‘on xabarlar boshqa sobiq bosh vazir Eduar Filippga qarshi yo‘naltirilgan. U haqida ham korrupsiyaga aloqadorligi haqida soxta xabarlar tarqatilgan.
Fransiya rasmiylari va mustaqil ekspertlar bunday kompaniyalar 2027-yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir ko‘rsatish va nomzodlarni obro‘sizlantirishga qaratilgan, deb hisoblamoqda.
<iframe width="458" height="815" src="https://www.youtube.com/embed/y4waZqpc2s4" title="Fransiya saylovlari oldidan yolg‘on xabarlar tarqalmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA