Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Indoneziya. Borneo orolida mahalliy yigit o‘rmon yong‘inini o‘chirishga harakat qilmoqda.

Xitoy. Lxasa shahridagi Drepung monastirida an’anaviy Shoton festivali boshlandi. Rohiblar Buddaning rasmi tushirilgan matoni ko‘tarib olib bormoqda.

Hindiston. Dehli shahrida maktab o‘quvchilari mamlakatning mustaqillik kuni arafasida tadbirga hozirlik ko‘rmoqda.

Germaniya. Berlin devori qurilganining 65 yilligi munosabati bilan Brandenburg darvozasi oldida san’at inshooti o‘rnatildi.

Italiya. Kataniya shahri yaqinida Etna vulqoni yana otildi.

Buyuk Britaniya. Saffolk grafligidagi “National Trust” hududida sodir bo‘lgan yong‘indan keyingi manzara.

Ukraina. Zaporoje shahrida Rossiya havo zarbasi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Ta’kidlanishicha, hujum natijasida o‘nlab harbiylar halok bo‘lgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA