"FIDE Circuit 2026-2027": Abdusattorov peshqadam, Sindorov 2-o‘rinda, Hamdamova kuchli o‘nlikda
“FIDE Circuit 2026-2027” reytingining navbatdagi yangilanishiga ko‘ra, O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov peshqadamlikni saqlab qolgan bo‘sa, Javohir Sindorov “Super Chess Classic Romania” turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng yetakchiga yanada yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasidagi “FIDE Circuit” reytingida ortda qolgan musobaqalar holatida muhim o‘zgarishlar yuz berdi.

Mo‘g‘ulistonda poyoniga yetgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Afruza Hamdamova kuchli o‘nlikdan o‘rin olishga erishdi.
Reyting peshqadamligi esa Norvegiyada o‘tgan “Norway Chess Women” turniri g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan qozog‘istonlik Bibisara Assaubayevaga tegishli bo‘ldi. Xitoylik Zu Jiner ikkinchi, o‘tgan oydagi yetakchi Vaishali Rameshbabu esa uchinchi o‘rinni band etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA