Farg‘onada “Besh tashabbus” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Farg‘ona shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Berdiqulov ishtirok etib, musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar hamda faol yoshlarning yutuqlarini e’tirof etib, ularni taqdirladi.
[gallery-29890]
Ta’kidlanganidek, musobaqalar yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviylik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar oqshomi” gala-konsertida taniqli san’atkorlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida Yoshlar oyligiga start berildi. Oylik doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, madaniyat va ma’naviyat yo‘nalishlarida turli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA