Eron bilan mojaro AQSHga qimmatga tushmoqda(mi)?
“NBC News” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHning Eronga qarshi harbiy kampaniyasi qiymati Pentagon tomonidan rasman e’lon qilingan raqamlardan ancha yuqori. AQSH hukumatining ichki hisob-kitoblariga ko‘ra, mojaroning umumiy qiymati allaqachon 80-100 milliard dollarga baholanmoqda.
Ta’kidlanishicha, rasmiy hisob-kitoblar asosan ishlatilgan o‘q-dorilar narxini o‘z ichiga oladi. Harbiy inshootlarni tiklash, infratuzilmani ta’mirlash va shikastlangan uskunalarni almashtirish xarajatlari esa deyarli e’tiborga olinmaydi.
Kongress ma’lumotlariga ko‘ra, ziddiyat paytida 40 dan ortiq samolyotlar, jumladan, “F-15E Strike Eagle” hamda “F-35A Lightning II” qiruvchi samolyotlari, “A-10 Thunderbolt II” hujum samolyotlari va “KC-135” yoqilg‘i quyish samolyotlari shikastlangan. Ularni ta’mirlash va ba’zi hollarda almashtirish uchun qo‘shimcha milliardlab dollar kerak bo‘ladi.
S.Rahimov, O‘zA