Davlatimiz rahbari milliy filmlarimiz salmog‘i va sifati oshganinini ta’kidladi
Mamlakatimiz yetakchisi o‘n yil oldin “O‘zbekfilm” kinostudiyasi qanday ahvolda bo‘lganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan studiyani tiklash va ijodkorlar uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.
Bu qadrli maskan to‘liq rekonstruksiya qilindi. So‘nggi o‘n yilda sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilindi.
2016-yilda filmlar olish uchun davlat byudjetidan 10 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida 218 milliard so‘m berildi.
Davlatimiz rahbari natijada milliy filmlarimizning salmog‘i va sifati oshganini, sohaga o‘nlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini ta’kidladi.
O‘zA