Boshqarma boshlig‘i yoshlar bilan uchrashdi
Xorazm viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Shavkat To‘rayev Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan masalalar hamda duch kelayotgan muammolari o‘rganildi, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda bojxona tizimining mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, tashqi savdo jarayonlarini tartibga solish hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdagi muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, bojxona organlariga xizmatga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, xizmat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida yoshlar huzurida boshqarmada xizmat qilayotgan yosh bojxona xodimiga navbatdagi maxsus unvon tantanali ravishda topshirildi. Bu esa yoshlarda ushbu kasbga bo‘lgan qiziqishlarining yanada ortishiga sabab bo‘ladi.

Yoshlar bilan bevosita muloqot bojxona xizmatida yosh mutaxassislarning o‘rni va istiqbollarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri