AzerTAJ: O‘zbekiston va Ozarbayjon – ittifoqchilikdan integratsiya sari
AzerTAJ axborot agentligi Toshkentda nashr etiladigan “Vatan” ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy jurnalida chop etilgan “O‘zbekiston va Ozarbayjon: ittifoqchilik munosabatlaridan integratsiya sari” sarlavhali maqolani ko‘chirib bosdi.
Qayd etilishicha, ikki qardosh davlat munosabati strategik sheriklikdan ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilib, sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi. Hamkorlik endi nafaqat o‘zaro aloqa, balki Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasidagi integratsiya jarayonining muhim tayanchi sifatida ham namoyon bo‘lmoqda.
2025-yil savdo aylanmasi 795,2 million dollarga yetgan. Bu 2016-yilga nisbatan 37,5 barobar, 2024-yilga nisbatan esa 3,1 barobar ko‘p. Tomonlar 2030-yilga qadar o‘zaro savdo qiymatini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Maqolada Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvi formatiga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi ikki mintaqa uchun umumiy makon shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam ekani ta’kidlangan.
Maqola O‘zA va “AzerTAJ” axborot agentliklari hamkorligi doirasida tayyorlandi.
D.Hakimov, O‘zA