Afrika ofatlarga tayyorgarlikni kuchaytirmoqda
Afrika tabiiy ofatlarga bardosh berish bo‘yicha dunyoda eng tez rivojlanayotgan mintaqaga aylandi. Binobarin, so‘nggi besh yil dunyo bo‘ylab fojeadan jabr ko‘rgan qariyb 220 million kishi oldindan ogohlantirilmagan.
“Lloyd’s Register Foundation” o‘tkazgan so‘rovda 140 mamlakat va hududdan 143 000 kishi qatnashgan. Shimoliy Afrikada ofatga chidam ko‘rsatkichi besh, Janubiy Afrikada to‘rt ball ko‘tarilgan. Internetdan foydalanish imkoniyati, xonadon tayyorgarligi va moliyaviy barqarorlik yaxshilanishi o‘sishga turtki bergan.
Markaziy va G‘arbiy Afrikada ofatdan jabrlanganlarning atigi 47 foizi xavfdan barvaqt xabardor etilgan. Mutaxassislar qo‘l telefoni, SMS, televideniye va ijtimoiy tarmoq orqali ogohlikni kuchaytirish, aholini favqulodda vaziyatga tayyorlash hayotni saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA