VTA: O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari kelishuvlar ijrosini muhokama qildi
Bolgariyaning VTA milliy axborot agentligi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bokuda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuvi haqida xabar berdi.
Agentlik qayd etishicha, yil boshidan buyon ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash 30 foiz oshgan. Geologiya, energetika, qurilish, transport va logistika, yengil sanoat hamda turizm sohasidagi qo‘shma loyihalar amalga oshirish davom etmoqda.
D.Hakimov, O‘zA