2017-yilda sotilgan eng qimmat olmos nomi ma’lum qilindi
Buyuk Britaniyaning Christie’s va Sotheby’s kimoshdi savdo uylarining 2017-yilgi umumiy daromadi bir milliard dollardan oshdi, deb xabar beradi Rossiyaning “Minerallar katalogi” ilmiy-ommabop internet nashri. Bunday rekord ko‘rsatkichga noyob qimmatbaho toshlar savdosi hisobiga erishilgan.
Buyuk Britaniyaning Christie’s va Sotheby’s kimoshdi savdo uylarining 2017-yilgi umumiy daromadi bir milliard dollardan oshdi, deb xabar beradi Rossiyaning “Minerallar katalogi” ilmiy-ommabop internet nashri. Bunday rekord ko‘rsatkichga noyob qimmatbaho toshlar savdosi hisobiga erishilgan.Christie’s yiliga sakson turdagi yo‘nalish bo‘yicha uch yuz ellikka yaqin kimoshdi savdolari o‘tkazadi. 2017-yilda mazkur savdo uyi tomonidan to‘qqizta yangi rekord o‘rnatildi. Xususan, Rokfeller zumradi, “Pink Promise”, “de Grisogono” va “Grand Mazarin” noyob olmoslar savdolari kompaniyaga katta omad keltirdi.
Sotheby’s ham zargarlik buyumlari savdosidan mo‘maygina daromad oldi. Ushbu savdo uyida 71 million dollardan ziyodga sotilgan “CTF Pink Star” nodir olmosi 2017-yil rekordini o‘rnatdi.