Zilaliding Yushanjiang: O‘zbek va Xitoy tillari bo‘yicha tarjimon bo‘lmoqchiman (+video)
21 - oktabr, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanasi arafasida yurtimizda tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan suhbatlashdik. Bugungi lavhamiz qahramoni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalardan biri — Xitoylik talaba Zilaliding Yushanjiang.
Xorijlik talabalarning O‘zbekistonda ta’lim olishlari uchun so‘nggi yillarda keng ko‘lamli imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi. O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon yoshlari ayniqsa Xitoy, Hindiston, Pokiston va qo‘shni davlatlar uchun ommabop ta’lim markaziga aylanib bormoqda.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov,
U.To‘xtayev. O‘zA