Zidan: «Futbol maydonida bunday fojialar boshqa takrorlanmasin»
Umid qilamanki, boshqa heç qaçon bunday fojialarga duç kelmaymiz.
Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi Zinedin Zidan «Tenerife» hujumçisi Xesus de Migelning fojiali vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Buni qabul qiliş men uçun juda oğir. Barcha qatori men ham sodir bölgan voqeadan larzaga tuşdim. Hatto badanim jimirlab ketyapti. Futbol maydonida bunday holatlar yuz bermasligi kerak. Eng avvalo, marhumning oilasi haqida öylayapman. Umid qilamanki, boshqa heç qaçon bunday fojialarga duç kelmaymiz», — dedi Zidan.
Eslatib ötamiz, 2-noyabr kuni «Tenerife» — «Andorra» uçraşuvining sönggi daqiqalarida de Migel raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan töqnaşib, oğir jarohat olgan edi. Darvozabon maydondan çetlatildi, hujumçi esa şu zaxoti şifoxonaga olib ketildi.
Şifokorlarning urinişlariga qaramay, 30 yoşli futbolçi 3-noyabr kuni vafot etdi. «Tenerife» klubi uning oilasi va yaqinlarining şaxsiy hayotini hurmat qilişni söradi.