Mourinyo: «Hatto döstim Ançelottiga ham qönğiroq qilmayman»
Heç kim bilan gaplaşmayman. Çunki bir kun kelib özim ham terma jamoani boşqarişim mumkin.
«Real» boş murabbiyi Joze Mourinyo «Valensiya» ustidan safarda qozonilgan 3:0 hisobidagi ğalabadan söng terma jamoalar murabbiylari bilan futbolçilarning yuklamasi haqida gaplaşiş niyati yöqligini bildirdi.
«Heç kim bilan gaplaşmayman. Çunki bir kun kelib özim ham terma jamoani boşqarişim mumkin. Agar şunday bölsa, klublarga juda talabçan bölaman, avvalo özim va jamoam manfaatini öylayman, degan his bor.
Şuning uçun heç kimga, hatto döstim Karlo Ançelottiga ham qönğiroq qilgim kelmayapti. Karloning tarkibiga qarang: Vinisius öynaşi kerak, Endrik ham bor. Agar u Endrikni maydonga tuşirsa, faqat minnatdor bölaman», — dedi Mourinyo.
Portugaliyalik mutaxassisni futbolçilarning terma jamoalarda öynaşidan köra, ularning jismoniy holati va tiklaniş jarayoni köproq taşvişga solmoqda. Uning ta’kidlaşiça, tig‘iz taqvimdan söng futbolçilarga dam oliş va alohida e’tibor zarur. Murabbiy ortiqça yuklama sabab jarohatlar yuz bermasligiga umid bildirdi.