Yetti ğalabadan keyin uç mağlubiyat: «Mançester Siti» 122 yillik noxuş natijani takrorladi
Avval bunday holat faqat «Şeffild Uensdey» bilan 1904/05-yilgi mavsumda kuzatilgan.
Angliya Premyer-ligasining 10-turida «Nottingem Forest»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan «Mançester Siti» çempionatda ketma-ket uçinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi.
Enso Mareska şogirdlari mavsumni qatorasiga yettita ğalaba bilan başlagan edi. Biroq keyingi uç turda jamoa biror oçko jamğara olmadi.
📊 Natijada «şaharliklar» Angliya oliy divizioni tarixida dastlabki yetti uçraşuvini yutib, keyingi uç öyinida mağlub bölgan ikkinçi jamoaga aylandi. Avval bunday holat faqat «Şeffild Uensdey» bilan 1904/05-yilgi mavsumda kuzatilgan.
Şuningdek, «Siti» Premyer-ligada 2024-yil noyabr–dekabr oylaridan buyon ilk bor uç öyinda ketma-ket yutqazdi. Öşanda jamoaning mağlubiyatlar seriyasi tört uçraşuvga çözilgan edi.