Zidan Azar va Kroos bilan xayrlashmoqchi
Madridning "Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z vazifasini bajara olmayotgan bir necha futbolchilarni jamoadan ketkazmoqchi.
Fransiyalik mutaxassis aksariyat shogirdlarining o‘yinidan qoniqayotgani yo‘q.
Jamoa La Ligada ham, Chempionlar ligasida ham kutilgan natijalarni qayd eta olmayotganiga qaramay, klub mutasaddi rahbarlari Zidanga ishonch bildirmoqda.
Bundan unumli foydalanib qolmoqchi bo‘layotgan Zidan birinchi navbatda, qaysi futbolchilar bilan xayrlashishini aniqlab oldi. Unga ko‘ra, yanvar oyidan boshlab, Eden Azar, Martin Edegor, Vinisius Junior, Rodrigo, Toni Kroos va Marselo bilan ishlamoqchi emas.
Fransiyalik mutaxassis faqatgina Serxio Ramos, Rafael Varan, Kazemiro, Ferlan Mendi, Federiko Valverde va Karim Benzemani jamoada olib qolmoqchi.