Legionerlarimizning bugungi öyinlari | 29-noyabr
Bugun beş nafar özbekistonlik futbolçi töp suradigan jamoalar törtta safar uçraşuvini ötkazadi. «Başakşehir» va «Lugano» bahslari bir vaqtda boşlanadi. Keçki dasturdan «Arsenal» – «Mançester Siti» hamda «Lokomotiv» – «Dinamo» uçraşuvlari örin olgan.
18:00 | «Eyupspor» – «Başakşehir»
Turkiya Superligasi, 13-tur
Eldor Şomurodov va Abbosbek Fayzullayev töp suradigan «Başakşehir» Istanbuldagi «Rejep Tayyip Erdoğan» stadionida «Eyupspor» mehmoni böladi. «Başakşehir» 20 oçko bilan yettinçi, «Eyupspor» esa 3 oçko bilan 18-örinda. Jamoalar örtasidagi farq 17 oçko. «Başakşehir» ligadagi sönggi beşta uçraşuvning törttasida ğalaba qozongan va bittasida yutqazgan. «Eyupspor» şu davrda bir marta ğalaba qozonib, tört marta mağlub bölgan. Şomurodov 9 ta gol bilan «Başakşehir»ning eng yaxşi töpurari hisoblanadi.
18:00 | «Lyutsern» – «Lugano»
Şveysariya Superligasi, 15-tur
Özbekistonlik öng qanot himoyaçisi Behruz Karimov töp suradigan «Lugano» «Thermoplan Arena»da «Lyutsern»ga qarşi öynaydi. «Lugano» 14 uçraşuvda 12 ğalaba, bir durang va bir mağlubiyat qayd etib, 37 oçko bilan jadvalda peşqadamlik qilmoqda. Jamoa ikkinçi örindagi «Yang Boyz»dan olti oçko oldinda. «Lyutsern» 16 oçko bilan yettinçi örinda. Avvalgi turda «Lugano» öz maydonida «Grasşopper»ni 2:1 hisobida yengdi, «Lyutsern» esa safarda «Bazel» ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Jamoalarning joriy mavsumdagi ilk özaro uçraşuvi 10-oktabr kuni bölib ötgan va «Lugano»ning 4:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
21:30 | «Arsenal» – «Mançester Siti»
Angliya Premer-ligasi, 12-tur
Abduqodir Husanov töp suradigan «Mançester Siti» Londondagi «Emireyts» stadionida «Arsenal» mehmoni böladi. 11 turdan keyin «Arsenal» 28 oçko bilan birinçi, «Mançester Siti» esa 22 oçko bilan uçinçi örinda. «Arsenal» sönggi olti liga bahsida beşta ğalaba va bitta durang qayd etdi. Oxirgi turda londonliklar safarda «Nyukasl» bilan 2:2 hisobida durang öynadi. «Mançester Siti» mavsumni ketma-ket yettita ğalaba bilan boşlagan, keyingi tört turda esa bitta durang va uçta mağlubiyat qayd etgan. «Arsenal» öz maydonida «Siti»ga qarşi ötkazgan sönggi uçta liga bahsining ikkitasida ğalaba qozongan, bittasida durang öynagan.
21:45 | «Lokomotiv» Moskva – «Dinamo» Mahaçqaʼla
Rossiya Premer-ligasi, 16-tur
Mahmudjon Mahamadjonov töp suradigan «Dinamo» Moskvadagi «RJD Arena»da «Lokomotiv»ga qarşi öynaydi. 15 turdan keyin «Dinamo»da 17 oçko, «Lokomotiv»da 14 oçko bor. «Dinamo» beşta ğalaba va ikkita durang, «Lokomotiv» esa uçta ğalaba va beşta durang qayd etgan. Birinçi davrada, 1-avgust kuni, «Dinamo» öz maydonida «Lokomotiv»ni 2:1 hisobida yenggan. Jamoalarning Moskvadagi avvalgi liga bahsi 12-aprel kuni bölib ötgan va 1:1 hisobida yakunlangan. Joriy mavsumda «Dinamo» 18 ta gol urib, 27 ta gol ötkazgan. «Lokomotiv» esa 17 ta gol urib, 21 ta gol ötkazgan.
sport.uza.uz