Sergey Fomin Gretsiyada çempion böldi
Gretsiyaning Xersonissos şahrida tennis böyiça ATR tomonidan taşkil etilgan «Çellenjer-50» turkumiga kiruvçi «Hersonissos 4» xalqaro turniri bölib ötdi.
Mazkur musobaqada mamlakatimizning birinçi raqamli tennisçisi Sergey Fomin juftlik bellaşuvlarida ukrainalik Oleksiy Krutix bilan tandem hosil qildi. Ular turnirning boş sovrini uçun ötgan bahsda italiyalik Janluka Kadenasso va Yakopo Vazamiga qarşi kortga çiqdi.
Uçraşuvda dastlabki setni 3:6 hisobida boy bergan Sergey va Oleksiy keyingi setda 6:1 hisobida ğalaba qozonib, hisobni tenglaştirdi. Hal qiluvçi setda esa 10:5 hisobida ustun kelib, boş sovrinni qölga kiritdi. Mazkur ğalaba evaziga Sergey Fomin juftliklar reytingi uçun 50 oçko va 1 340 yevro mukofot puliga ega böldi.
Maʼlumot uçun, endi Sergey Fomin 30-noyabr kunidan 6-dekabr sanasiga qadar davom etadigan «Hersonissos 5» xalqaro turnirining yakkalik bahslarida iştirok etadi. Qurʼa natijalariga köra, hamyurtimiz birinçi bosqiçda ruminiyalik Radu Mixay Papoye bilan kuç sinaşadi.
ATR «Çellenjer-50» turkumiga kiruvçi mazkur musobaqada çempionlikni qölga kiritgan tennisçi 8 ming 550 yevro mukofot puli va 50 reyting oçkosiga ega böladi. Finalçiga esa 4 ming 960 yevro hamda 25 reyting oçkosi beriladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA