Zelenskiy: Ukrainada kelasi yil 10 000 kilometrga ucha oladigan dron bo‘ladi
Keyingi yil Ukrainada 5 000-10 000 kilometr masofaga ucha oladigan dron paydo bo‘ladi. Prezident Vladimir Zelenskiy bu haqda Trampning yaqin hamkori – MAGA blogeri Lori Lumerga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada allaqachon 3000 kilometrdan uzoqqa uchadigan uchuvchisiz uchish qurilmalari mavjud va bu yil aslaha zaxirasi 4000 km masofaga yetadigan dronlar qo‘shiladi.
Prezident Ukraina AQSH bilan birgalikda dron ishlab chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli kelishuv tuzishga intilayotganini ma’lum qildi. Hamkorlikning birinchi bosqichi allaqachon amalga oshirildi, keyingi reja bo‘yicha hujjat ham deyarli tayyor. U bitimni Prezident Tramp bilan birga imkon qadar tezroq imzolashga umid bildirdi.

Kiyev Qo‘shma Shtatlarda birga dron ishlab chiqarishni tashkil etish taklifini ilgari surmoqda. Ukraina dron ishlab chiqaruvchilari loyihaga qo‘shilishi mumkin. Tashabbusni amalga oshirishda xususiy biznes ishtirok etadi.
Shuningdek, Zelenskiy texnologiya rivojlanishi tufayli dron tizimi tez o‘zgarayotganiga ham e’tibor qaratdi.
– Har 3-6 oyda yangi rusum paydo bo‘lyapti, – degan Ukraina yetakchisi. – Shuning uchun dronni doimiy ravishda ishlab chiqarib, omborda to‘planmasligini ta’minlash kerak.
S.Rahimov, O‘zA