Zamonaviy festival turistlar ko‘nglidan joy oldi
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston ovozi” turizm ko‘chasida “Bitcoin Pizza Fest 2026” zamonaviy festivali bo‘lib o‘tdi.
Turli yo‘nalishdagi texnologiyalar, musiqa, gastronomiya va zamonaviy shahar madaniyatini yagona maydonda uyg‘unlashtirishga qaratilgan festivalda mehmonlari uchun musiqiy chiqishlar, gastronomik zonalar, interaktiv maydonchalar hamda turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.

Mazkur festivalda mingga yaqin xorijiy va mahalliy mehmonlar ishtirok etib, maxsus aksiyalar va sovrinli o‘yinlarda qatnashdi.

Shuningdek, tadbir doirasida amaldagi qonunchilik talablari asosida va litsenziyalangan xizmatlar orqali zamonaviy raqamli to‘lov imkoniyatlari namoyish qilindi.

Festivalning interaktiv dasturi doirasida hamkorlar tomonidan sovrinli o‘yinlar ham o‘tkazildi.
G.Boboyeva,
O‘zA