Yurt fidoyilari xotirasi - qalblarda barhayot (+video)
Vatan — shunchaki tug‘ilib o‘sgan zamin emas. Uni asragan, uning tinchligi uchun jonini fido qilgan o‘g‘lonlarning yuragidagi muqaddas tuyg‘udir.
O‘zbekiston tarixi va mustaqillik yillarida Vatan himoyasi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan ko‘plab harbiy qahramonlar mavjud. Ular yurtimiz sarhadlarini daxlsiz saqlash, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash hamda terrorchilik guruhlariga qarshi kurashda haqiqiy jasorat namunasini ko‘rsatishgan.
Darhaqiqat, mardlik va qahramonlik ko‘rsatgan ajdodlarimizni yod etib, hurmat-ehtirom ko‘rsatish hayotiy ko‘nikma va an’anaga aylangan. Xalq o‘z farzandlarini hech qachon esdan chiqarmaydi. Xalqning xotirasiz yashashi aslo mumkin emas. Bu har qanday kishini ma’nan rag‘batlantiradi, uni yashashga, elu-yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.
Qahramonlarimiz xotirasini hamisha esda tutib, O‘zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yurtimizda tinchlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash bundan buyon ham davlat va jamiyatning asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.
Muhayyo Turdaliyeva, Doniyor Yakubov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA