"YUNUSOTA" MAHALLASIDA YANGI INVESTISIYA LOYIHASI AMALGA OSHIRILMOQDA
Yunusobod tumanining "Yunusota" mahallasida aholi uchun qulaylik yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va hududda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur tashabbus Yunusobod tumani hokimligi Yunusota mahalla fuqorolar yig‘ini tadbirkorlikni rivojlantirish aholi badligini taminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi J.Saidaxmedov sa’y-harakati bilan Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida barpo etilayotgan savdo majmuasida asosiy mahsulotlar aholi uchun qulay va hamyonbop narxlarda taqdim etilishi rejalashtirilgan. Eng muhimi, majmua ishga tushishi bilan 10 nafarga yaqin mahalliy yoshlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
Hamroz Bayonov
O‘zA