Yuksaklarda hilpirayotgan Vatan bayroği mamlakat qudratining yorqin timsolidir
Yurt bayroği. U mustaqillik, hurlik, faxr va iftixor, milliy özlik timsolidir. Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği yangilaniş yölidan şiddat bilan odimlayotgan Vatanimizning muqaddas ramzi sanaladi.
Bayroğimizning hamyurtlarimiz maʼnaviy hayotidagi örni va ahamiyati qanday? Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy maslahatçisi, professor Tursunali Qöziyev bilan suhbatimiz şu haqda böldi.
– Tursunali Karimoviç, har bir davlatning öz bayroği bor. Lekin dunyo davlatlari bayroqlari orasida Özbekiston Davlat bayroği biz uçun eng qadrli va eʼzozli ramzdir. Siz mohir musavvir, fotoijodkor, şu yurtning farzandi sifatida Vatanimiz bayroği haqida qanday fikrlarni bildirasiz?
– Bu bayramning şaxsiy hayotimda ham alohida örni bor. Zero, Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan 18-noyabr sanasi kaminaning ham tuğilgan kuni bilan töğri kelgan. Şu bois oilamizda bu kun yillar davomida ikki karra quvonç va alohida ehtirom bilan nişonlanadi.
Musavvir va fotoijodkor nuqtai nazaridan qaraganda, bayroq — şunçaki ranglar uyğunligi yoki badiiy yeçim emas. Unda xalqimizning köp asrlik tarixi, orzu-intilişlari, milliy xotirasi va mustaqil kelajakka bölgan işonçi mujassam.
Bir fikr bor. Millatni uning ona tili tanitsa, davlatni dunyoga uning bayroği tanitadi. Dunyoda minglab tillarda sözlaşuvçi xalqlar mavjud, ammo ularning barçasi ham mustaqil davlatçilikka va xalqaro miqyosda tan olingan öz bayroğiga ega emas. Biz esa ona tilimizga, davlatçiligimizga va jahon uzra mağrur hilpirab turgan bayroğimizga egamiz. Bu — ulkan tarixiy baxt va bebaho neʼmat!
Bugun farzandlarimiz va nevaralarimiz şu muqaddas qadriyatlar bağrida ulğayayotgani qalbga ğurur bağişlaydi. Zero, bugun bizga nasib etgan mustaqillik va davlat ramzlariga ega böliş huquqi osmondan tuşmagan. Bu yölda qançadan-qança ajdodlarimiz kuraşgan, jon fido qilgan, ozodlik va mustaqillik orzusi bilan yaşagan.
Şu bois bayroqqa ehtirom davlat ramziga hurmatni anglatişi bilan birga ajdodlar xotirasiga, bugungi tinç hayotimizga va kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyatimizga ehtirom belgisi hamdir.
– Jahonning turli mamlakatlarida bölib ötayotgan nufuzli tadbirlar, anjumanlar, xalqaro körgazmalarda Özbekiston bayroği ham mağrur hilpiraydi. Siz ham şunday hayajonli jarayonlarda könglingizdan qanday tuyğular keçadi?
– Bunday lahzalarda har bir inson qalbida alohida hayajon va iftixor tuyğusi uyğonadi. Ayniqsa, Vatandan olisda, xalqaro anjumanlar, madaniy tadbirlar yoki nufuzli körgazmalarda Özbekiston bayroğini köriş kişiga beixtiyor qaddini rostlatadi, qalbiga ğurur bağişlaydi.
Turli mamlakatlarda Özbekiston sanʼati, madaniyati va tarixini namoyon etadigan tadbirlarda iştirok etiş jarayonida bunday tuyğularni köp bor his qilişga töğri kelgan. Bayroğimiz xalqaro maydonda hilpiragan har bir lahzada uning ortida butun bir xalq, uning tarixi, madaniyati, buyuk allomalari va bugungi bunyodkor avlodi turganini yanada teranroq anglaysan.
Bugungi kunda Özbekiston bayroği jahon sport arenalarida ham tobora köproq baland kötarilmoqda. Yozgi va qişki Olimpiya, Paralimpiya öyinlari, jahon çempionatlari hamda Osiyo miqyosidagi nufuzli musobaqalarda bayroğimiz eng köp kötariladigan milliy bayroqlar qatorida mustahkam örin egallamoqda. Bu, avvalo, sportçilarimizning matonati, mehnati va ğalabalari, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan Yangi Özbekiston xalqining soğlom millat bölişiga va sport sohasiga qaratayotgan katta eʼtibori samarasidir.
Har bir ğalaba marosimida bayroğimizning baland kötarilişi nafaqat sportçining şaxsiy zafari, balki butun xalqimizning quvonçi va milliy iftixoridir. Ayniqsa, sanʼat va madaniyat sohasidagi xalqaro muloqotlarda bayroğimiz mamlakatimizning öziga xos madaniy qiyofasi, boy sivilizatsiyaviy merosi va zamonaviy salohiyatini namoyon etadi.
Bayroq – mamlakatning xalqaro maydondagi timsoli. Uning har bir hilpiraşi ortida davlatning obrösi, xalqning ğururi va mustaqillikning qadri bor. Yangi Özbekiston davrida poytaxtimiz hamda har bir viloyat va şaharlar markazida bayroqlar baland-baland flagştoklarda hilpiray boşlagani ham alohida ğurur bağişlaydi.
Bayroğimiz yuksaklarda hilpiraşi uçun faqatgina baland flagştok emas, balki uning ortidagi ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot, sport, maʼrifat va inson salohiyati ham yuksak bölişi kerak. Özbekiston bayroği dunyoda nafaqat rasmiy marosimlarda, balki olimlarimiz, sportçilarimiz, sanʼatkorlarimiz, tadbirkorlarimiz va yoşlarimizning yutuqlari bilan ham mağrur hilpiraşi lozim.

– Yurtimizda davlat ramzlariga nisbatan yoşlarda hurmat va ehtirom tuyğularini yanada kuçaytiriş borasida nimalarga eʼtibor qaratiş kerak, deb öylaysiz?
– Bu borada, avvalo, yoşlarga davlat ramzlarining taşqi körinişi va rasmiy maqominigina emas, balki ularning tarixiy, maʼnaviy va falsafiy mohiyatini ham çuqur tuşuntiriş zarur. Bolalarimiz bayroğimizdagi har bir rang, har bir belgi nimani anglatişini bilişi bilan birga, uning ortida qanday tarix, qanday orzu va qanday kuraş turganini ham anglab ulğayişi lozim.
Bu işni faqat maktab darslari yoki rasmiy tadbirlar bilan çeklab bölmaydi. Oilada, taʼlim muassasalarida, muzeylarda, teatrlarda, kino va ommaviy axborot vositalarida davlat ramzlariga hurmat madaniyatini şakllantirişimiz kerak. Ayniqsa, yoş avlodni milliy tariximiz va mustaqillik qadrini anglaşga örgatiş muhim.
Uçta muqaddas tuşunça bor – ona tili, davlatçilik va Vatan bayroği. Ularning har biri xalqning borligi, özligini anglaşi va kelajagini belgilaydi.
Bu neʼmatlarga erişiş uçun ajdodlarimiz qançadan-qança azob-uqubatlarni boşdan keçirganini, jon fido qilib kuraşganini yoşlarimiz unutmasligi kerak. Bugungi tinçlik va mustaqillik uçun şukrona qiliş, ularni turli tahdidlardan köz qoraçiğidek asraş har birimizning burçimizdir.
Istiqlol estafetasini qabul qilib oladigan yoşlarimiz nafaqat bilimli va zamonaviy fikrlaydigan, balki yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda, milliy ğurur va fuqarolik masʼuliyatiga ega bölişi kerak. Zero, bayroqni hurmat qiliş — uning qarşisida boş egiş bilangina emas, balki şu bayroq ostida yaşaşga munosib böliş, Vatan ravnaqiga öz hissasini qöşiş bilan namoyon böladi.
Özbekiston bayroği xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi, mustaqilligimiz va milliy ğururimizning muqaddas timsolidir. U doimo baland hilpirab tursin!
ÖzA muxbiri Nazokat Usmonova suhbatlaşdi.