Ziyolilar jamiyati taraqqiyotning muhim tayançi
Buxoroda “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning “Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida viloyat hududiy yiğilişi bölib ötmoqda.
Mazkur tadbir mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, maʼnaviyat va maʼrifatni rivojlantiriş, ziyolilarning jamiyat hayotidagi örni va masʼuliyatini yanada oşirişga qaratilgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida inson qadri, ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat va intellektual salohiyatni yuksaltiriş ustuvor yönalişlardan biriga aylandi. Zero, mamlakat taraqqiyoti faqat iqtisodiy körsatkiçlar yoki bunyodkorlik işlari bilan emas, balki jamiyatning bilim darajasi, tafakkuri, maʼnaviy qiyofasi va kelajakka daxldorlik hissi bilan ham belgilanadi. Bu jarayonda ziyolilarning örni va sözi alohida ahamiyatga ega.
Yiğilişda ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, adabiyot, sanʼat va madaniyat sohalarida faoliyat yuritayotgan taniqli olimlar, ijodkorlar, ziyolilar, jamoatçilik vakillari hamda faol yoşlar iştirok etmoqda.
Tadbirning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Erkin Gadoyev, siyosiy fanlar nomzodi Narzullo Jörayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari örinbosari Zohid Töraqulov hamda boşqa mehmonlar maʼruzalari bilan iştirok etişib, bugungi murakkab va şiddatli davrda ziyolilar zimmasida turgan ustuvor vazifalar, jamiyat taraqqiyotida maʼnaviyat va maʼrifatning örni xususida fikr-mulohazalarini bildirişdi.
Muhokamalarda mamlakat taraqqiyotida ziyolilarning ijtimoiy masʼuliyatini kuçaytiriş, ilm-fan va taʼlim sifatini oşiriş, maʼnaviy-maʼrifiy muhitni soğlomlaştiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham kengaşning şöʼba yiğilişlarida qatnaşib, soha vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Uçraşuvlarda ziyolilarning taklif va taşabbuslari, hududda ilm-fan, taʼlim, madaniyat hamda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantiriş borasidagi qaraşlari tinglandi.
[gallery-32438]
Muloqotlar davomida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga, ayniqsa, yoş avlodga sodda, hayotiy misollar va taʼsirçan usullar orqali yetkaziş muhimligi taʼkidlandi. Zero, islohotlarning samarasi nafaqat ularning hayotga tatbiq etilişi, balki har bir inson ularning mazmun-mohiyatini anglaşi, natijalarini his qilişi va bu jarayonda özini daxldor deb bilişi bilan ham çambarças boğliq.
Şu maʼnoda, ziyolilarning jamoatçilik bilan muloqotini kuçaytiriş, ularning boy bilim va hayotiy tajribasini jamiyat manfaatlariga yönaltiriş, yoşlarda vatanparvarlik, milliy ğurur, fuqarolik masʼuliyati va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğusini şakllantiriş dolzarb vazifa sifatida qayd etildi.
Darhaqiqat, ziyoli — faqat öz sohasining bilimdoni emas. U jamiyatda fikr uyğotuvçi, ezgulikka çorlovçi, maʼnaviy mezonlarni mustahkamlovçi va yoş avlodga hayot maktabini körsatuvçi şaxsdir. Uning sözi, şaxsiy namunasi va fuqarolik pozitsiyasi jamiyatdagi özgarişlarga bevosita taʼsir körsata oladi. Şu bois bugun ziyolilardan nafaqat kasbiy yutuqlar, balki ijtimoiy faollik, taşabbuskorlik va zamon bilan hamnafaslik ham talab etilmoqda. Ayniqsa, axborot oqimi tobora kuçayib, turli ğoyalar va qaraşlar töqnaş kelayotgan bugungi şaroitda yoşlarni mustaqil fikrlaydigan, milliy qadriyatlarga sodiq, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan yetuk insonlar etib tarbiyalaşda ziyolilarning masʼuliyati yanada ortib bormoqda.
Buxoroda ötayotgan hududiy yiğiliş ham ana şu maqsadlar yölidagi muhim muloqot maydoni bölib, unda bildirilayotgan fikr va takliflar, ilgari surilayotgan taşabbuslar viloyatda maʼnaviy-maʼrifiy işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, ziyolilar hamjihatligini mustahkamlaş hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi ğoyalarni röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (suratlar), ÖzA muxbirlari