Ibn Sino merosi izidan Hindistonga ilmiy ekspeditsiya uyuştirildi
Joriy yilda qomusiy olim va mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning milliy maʼnaviyatimiz, qolaversa, jahon tamadduniga qöşgan beqiyos hissasi, boy ilmiy merosini har tomonlama çuqur örganiş, tarğib etiş borasida olib borilayotgan islohotlar havas qilgulikdir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmonida Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini örganişga bağişlangan xorijiy ilmiy ekspeditsiyalarni taşkil etiş, allomaning jahon fondlarida saqlanayotgan qölyozmalarini töplaş nazarda tutilgan.
Şu maqsadda Ibn Sino jamoat fondi taşabbus körsatib, Soğliqni saqlaş vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, ATB “Kapitalbank” va Hindistondagi hamkorlar yordamida 2026-yilning 9-15-noyabr kunlari Hindistonning Nyu-Dehli, Ğoziobod va Aligarh şaharlariga “Özbekiston-Hindiston: Abu Ali ibn Sino: Qölyozmalar-Ilm-fan-Hayot. Ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqiçi” mavzusida 1-xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi yölga qöyildi.

Maqsad nima?
Joriy yilda Madaniy meros agentligi tomonidan naşrga tayyorlangan “Özbekistonga oid xorijdagi qölyozma asarlar reyeystri”ning 4-tomida Hindistonning Patna şahrida joylaşgan Xudobaxş Şarq kutubxonasida yurtimiz allomalariga tegişli bölgan 85 nomdagi asar mavjud bölib, ularning 7 tasi aynan Ibn Sino qalamiga mansubligi taʼkidlangan.
“Quruq gapning özi heç qaçon dalil bölolmaydi”, deyiladi alloma hikmatlarida. Ekspeditsiya aʼzolari maqsadlari ezgu. Ular uşbu asarlar bilan tanişiş, Xudo baxş Şarq kutubxonasida va Aligarh şahridagi Ibn Sino akademiyasi fondlarida yangi aniqlangan va bobomizning hali biror reyeystrga kiritilmagan 109 nomdagi qölyozmasini örganişni niyat qilgan.
Maʼlumki, öz davrida zamondoşlari Ibn Sinoni “Şayx ar-rais” («Donişmandlar sardori”, “Allomalar boşliği”); “Şaraf al-mulk” (“Ölka, mamlakatning obrösi, şarafi”), “Hujjat al-haqq” (“Rostlikka dalil”); “Hakim al-vazir” (“Donişmand, tadbirkor vazir”) deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, çunki u öz davridagi mavjud fanlarning qariyb barçasi bilan şuğullangan va ularga oid asarlar yozgan.
Olim asarlarini öşa davrda Yaqin va Örta Şarqning ilmiy tili bölgan arab tilida, baʼzilari (şeʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Professor Surayyo Karimovaning takidlaşiça, turli manbalarda allomaning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgaça ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Şulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bölib, qolganlari mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilşunoslikka bağişlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar tomonidan bir xilda örganilgan emas. Şundan körinadiki, Hindistonda aniqlangan asarlar Ibn Sino merosini örganişda yangi davrni boşlab beradi, desak aslo mulobağa bölmaydi.
Ekspeditsiyaning birinçi kuni
Ibn Sino jamoat fondi, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro Islomşunoslik akademiyasi, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Vatan universiteti, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, “Özbekiston tarixi” telekanali bilan hamkorlikdagi buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino qölyozmalarini, boy ilmiy merosini örganişga bağişlangan Özbekiston delegatsiyasining Hindistonga uyuştirilgan tarixiy ilmiy ekspeditsiyasining birinçi kunida Özbekistonning Hindistondagi elçixonasida ilmiy konferensiya bölib ötdi.

Tadbirni Özbekistoning Hindistondagi elçisi Sardor Rustamboyev oçib berdi va bugungi özbek-hind madaniy aloqalari, xususan, ajdodlar merosini örganişga bölgan eʼtibor haqida alohida töxtaldi.
Özbekistondagi “Ibn Sino jamoat fondi” boşqaruvi raisi Nozimxon Mahmudov bugun Özbekistonda davlatimiz rahbari tomonidan Ibn Sino hayoti va ilmiy merosini örganişga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, xususan, 2030-yilda Abu Ali ibn Sino tavalludinining 1050-yiligini keng nişonlaş va alloma boy ilmiy merosini örganiş, “Ibn Sino brenidi”ni yaratiş, Ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazini, “Xalqaro Ibn Sino mukofoti” va Ibn Sino madhiyasini taʼsis etiş hamda Xalqaro Ibn Sino marşini va Ibn Sino jamoat fondi faoliyatini qayta taşkil etiş kabi takliflar ilgari surilayotganligini taʼkidladi.
Hindistondagi Ibn Sino Akademiyasi prezidenti, professor Hakim Syed Zillur Rehman Abu Ali ibn Sinoni “dunyo eʼtirof etgan uçini muallim” deb atadi va “Tib qonunlari” asari 1000-yildan beri insoniyat tarixidagi eng qadrli va dozarb asar bölib kelayotganligi, alloma yaratgan va insoniyatga taklif etgan dorivor vositalar bugungi kunda ham ahamiyatini yöqolmaganligini qayd etdi.
Aligarhdagi Ibn Sino akademiyasi professor Hakim Syed Zillur Rehman taşabbusi bilan 2001-yilda taşkil etilgan bölib, 4 muzey va 1 kutubxonadan iborat. Kutubxonada arab, fors, urdu, sanskrit, ingliz rus, ingliz va özbek tillaridagi xalq tabobati, farmakologiya va zamonaviy tibbiyotga oid 1500 dan ortiq qölyozma 35000 oşiq turli asarlar jamlangan. Tadbirda Özbekistondagi Ibn Sino jamoat fondi va Aligarh Ibn Sino akademiyasi örtasida memorandum imzolandi.

Tadbirda Ibn Sinoning boy ilmiy merosi va xalq tabobatiga bağişlangan “Özbekstonda Abu Ali ibn Sino retseptlari asosida zamonaviy dori vositalarini işlab çiqiş holati”, “Ibn Sino va uning diniy falsafasi”, “Abu Ali ibn Sino ilmiy-falsafiy asarlarining germenevtik tahlili”ga oid maʼruzalar tinglandi va istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
1-xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi aʼzolari Nyu-Delidan taşqari, Ğoziobod va Aligarh şaharlarida ham yana 3 konferensiya, 1 forum, 1 simpozium va bir qator uçraşuv, davra suhbatlar ötkazilişni va hamkorlik memorandumlari imzolanişi rejalaştirgan.

Xoliyor Safarov,
“Özbekiston tarixi” telekanali boş muharriri.
Nyu-Deli