Yoşlarning Germaniyada öqişi va işlaşi uçun qulay imkoniyat yaratildi
Poytaxtimizda yoşlarning Germaniyada dual kasbiy taʼlim — Ausbildung dasturida tahsil olişi, kasbiy malakasini oşirişi va xalqaro mehnat bozorida öz örnini topişi uçun imkoniyat yaratadigan ikki yangi markazning oçiliş marosimi bölib ötdi.
Xususan, Toşkent şahar hokimligi homiyligidagi Kasbiy taʼlim moddiy-texnika taʼminoti markazi binosi taʼmirlanib, zamonaviy öquv xonalari, mebel hamda texnik jihozlar bilan taʼminlandi. Natijada “PROFI DEUTSCH” nemis tili va “TELC” xalqaro imtihon markazlari faoliyatini yölga qöyiş uçun barça zarur şaroitlar yaratildi.

“PROFI DEUTSCH” - bu yoşlarni nemis tiliga öqitiş, Germaniyada taʼlim oliş va qonuniy mehnat faoliyatiga tayyorlaşga ixtisoslaşgan markaz bölib, 10 oylik dastur asosida tinglovçilar nemis tilini boşlanğiç bosqiçdan B1 darajasigaça örganadi. Markaz bir vaqtning özida 180 nafar yoşni qamrab oliş imkoniyatiga ega.

“TELC” xalqaro imtihon markazi esa nemis tilini biliş darajasini xalqaro mezonlar asosida baholaş va xalqaro sertifikat oliş uçun imtihon topşiriş imkonini beradi. Markazda oyiga 300–400 nafar, yiliga 3 600–4 800 nafar nomzod uçun imtihon taşkil etiş rejalaştirilgan.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA