Isteʼdodlar Zulfiya mukofoti uçun bellaşdi
Isteʼdodli qizlarni kaşf etiş, ularning bilim va qobiliyatini röyobga çiqariş, ilmiy-ijodiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaşda «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotining alohida örni bor.
Zero, bu mukofot ortida nafaqat erişilgan yutuqlar, balki izlaniş, mehnat, qatʼiyat va yuksak maqsadlar mujassam. Mazkur nufuzli mukofot uçun ötkaziladigan anʼanaviy saralaş tanlovining Sirdaryo viloyatidagi tuman va şahar bosqiçlarida köplab iqtidorli qizlar öz bilim va salohiyatini namoyon etdi. Ularning 85 nafari saralaşdan muvaffaqiyatli ötib, viloyat bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Sirdaryo viloyati Yoşlar markazida taşkil etilgan viloyat bosqiçi nafaqat iqtidorlarni saralaş, balki yoş qizlarning izlanişlari, taşabbuslari va erişgan natijalarini eʼtirof etişga ham qaratildi. Tanlov avvalida turli yönalişlardagi yutuqlari bilan ajralib turgan iştirokçilar viloyat hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar boşqarmasining taşakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Tadbirda iştirok etgan viloyat hokimi örinbosari, viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliği Nargiza Tojiboyeva mamlakatimizda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning taʼlim olişi, kasbiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida töxtaldi.
Qayd etilganidek, «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti qizlarning ilm-fan, adabiyot, sanʼat va boşqa sohalardagi yutuqlarini munosib rağbatlantiriş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni ötgan yilgi tanlov natijalari misolida ham köriş mumkin. Öşanda Sirdaryo viloyatidan ikki nafar qiz – Guliston şahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining sobiq öquvçisi, bugungi kunda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Zulhayo Mingboyeva hamda Özbek milliy maqom sanʼati markazining Sirdaryo viloyati bölimi sozandasi Olimaxon Mahmudova yuksak mukofotga sazovor bölgan edi.
– Bu yilgi tanlovda iştirok etayotgan qizlarimizning har biri öz yönalişi böyiça muayyan yutuqlarga erişgan, izlanuvçan va taşabbuskor yoşlardir. Eng muhimi, ular öz oldiga aniq maqsad qöygan va unga erişiş yölida astoydil harakat qilmoqda. Işonamanki, bugungi tanlov ular uçun yangi imkoniyatlar va katta muvaffaqiyatlar sari muhim qadam böladi, – dedi Nargiza Tojiboyeva.
Şundan söng tanlovning asosiy bosqiçiga navbat berildi. Iştirokçilar belgilangan nizom talablari asosida özlari tanlagan yönalişlar böyiça bilim va iqtidorlarini namoyiş etdi. Hakamlar hayʼati nomzodlarning taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari va jamoatçilik faoliyatida erişgan natijalari, ijodiy işlari, amalga oşirgan loyihalari hamda taşabbuslarini baholadi.
[gallery-32684]
Tanlov jarayonida har bir iştirokçining nafaqat erişgan yutuqlari, balki öz sohasiga bölgan qiziqişi, izlanişlari va kelgusidagi maqsadlari ham eʼtibor markazida böldi.
– Tanlovda iştirok etayotgan qizlarimizning barçasi öz iqtidori va intilişi bilan ajralib turadi. Ularning orasida ilm-fanga qiziqadigan, adabiyot va sanʼat sohasida öz örniga ega bölişga intilayotgan, jamoatçilik işlarida faol yoşlar bor. Bunday bellaşuvlar qizlarning öz imkoniyatlarini namoyon etişi, tajriba almaşişi va yanada yuksak natijalarga erişişga intilişi uçun öziga xos maktab vazifasini ötaydi.
Adabiyot yönalişida bu yil ham isteʼdodli qizlarning köpligi bizni quvontirdi. Jumladan, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jurnalistika fakulteti talabasi Dilnoza Jabborova, boyovutlik Odina Abdimöminova, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi öquvçisi Çaros Islomova, şuningdek, Guliston tumanidan Feruza Rahmatovalarning şeʼrlari va ijodiy yutuqlari alohida eʼtiborga loyiq, – deydi tanlov hakamlar hayʼati aʼzosi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Sirdaryo viloyati bölimi raisi, şoira Noriniso Qosimova.
Eʼtiborlisi, viloyat bosqiçida yuqori natijalarni qayd etib, respublika bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritgan Zulfiyaxonim izdoşlarining nomlari yangi yil bayrami arafasida eʼlon qilinişi kutilmoqda. Töqqizta yönaliş böyiça saralab olinadigan munosib nomzodlar respublika bosqiçida Sirdaryo viloyati şarafini himoya qiladi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat), ÖzA