Yoshlar uchun yangi universal sport maydoni foydalanishga topshirildi
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda joylarda yangidan-yangi majmualar, inshootlar, mahalla guzarlari, bolalar maydonchalari bunyod etilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Shunday majmualardan biri Shayxontohur tumani 59-umumta’lim maktabi Xadra mahallasida foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy “Universal sport maydonchasi”ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan mutasaddilar mazkur sport maydoni “Besh tashabbus olimpiadasi”ning adaptiv sport turlari bo‘yicha armrestling musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Javohir Xo‘jayev g‘alabasi sharafiga barpo etilganini ta’kidlashdi.

Bu, mamlakatimizda ommaviy sport rivojiga, aholi orasida sog‘lom turmush tarziga qiziqishni rag‘batlantirishga qaratilgan muhim tashabbus ekani aytib o‘tildi.
Mazkur sport maydoni mahalladagi yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA