Futzal: Oliy liganing 1-tur uchrashuvlari taqvimi e’lon qilindi
Futzal bo‘yicha Oliy ligada yangi mavsum boshlanishiga oz qoldi. Jamoalarning kuchi sirli bo‘lib qolayotgani ilk turdayoq muxlislarni keskin bahslar kutayotganidan dalolat.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati — Oliy liga o‘yinlarining 1-tur uchrashuvlari taqvimi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, yangi mavsumning dastlabki tur bahslari 5-sentabr kuni start oladi. Oliy liganing 1-tur uchrashuvlari Jizzax viloyati futbol akademiyasining sport zalida bo‘lib o‘tadi.

Taqvimga ko‘ra, birinchi turda futzal ishqibozlarini bir qator qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar kutib turibdi. Muxlislar har kuni uchtadan bahs guvohiga aylanishadi.

Yangi mavsum arafasida aksariyat jamoalar tarkibida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bir qator klublar o‘z safini xorijlik mahoratli futzalchilar bilan to‘ldirdi. Bu klublarning kuchi va salohiyatiga oldindan baho berish qiyinligidan dalolat, deyish mumkin.
Oliy liganing 1-tur musobaqalari 10-sentabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA