Yoshlar tashabbuslari eshitildi
Sergeli tumanidagi Toshkent tibbiyot texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova, Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari Nafisa Jo‘rayeva va texnikum direktori Saodat Zulfiqorovalar talabalar bilan muloqot qildi.
Samimiy va ochiq tarzda o‘tgan suhbat davomida yoshlarning ta’lim olish sharoitlari, tibbiyot sohasidagi istiqbolli rejalari hamda ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.


Shahnoza Sultonova talabalarning taklif va tashabbuslarini tinglab, kelgusida malakali kadr bo‘lib yetishishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Qayd etilganidek, bu kabi uchrashuvlar yosh mutaxassislarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va ularning muammolariga yechim topishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA