Yoshlar tarixiy fotolar bilan tanishdi
O‘zbekiston davlat Yosh tomoshabinlar teatrida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan arxiv fotohujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada arxiv fondlarida saqlanayotgan, bolalar hayoti, ularning quvonchli lahzalari, ijodiy faoliyati hamda turli davrlardagi bolalar mavzusiga oid qimmatli fotohujjatlar namoyish etildi.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan arxiv hujjatlar yosh tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning tarixiy meros va milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar arxiv hujjatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lib, bolalar uchun yaratilgan tarixiy va madaniy muhit aks etgan fotohujjatlarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.
G.Boboyeva,
O‘zA